Yulduz Usmonova
Página inicial > Y > Yulduz Usmonova > Xasta Bo'lma

Xasta Bo'lma

Yulduz Usmonova


Seni hamma-hammadan yaxshi ko'rib, sevaman
bilib-bilmay ba'zida qalbing ozor beraman
xasta bo'lib qolsang gar, aniq ado bo'laman
kasal bo'lma iltimos, sensiz nima qilaman?

bizga baxtlar yarashadi, armon emas
o'zga yorlar kulgulari darmon emas
boshqa birov sendek bo'lolmas!

xasta bo'lma jonim, ado bo'laman
mendan oldin o'lma, ishon, o'lib bo'laman
senga men zor bo'laman
sensiz men xor bo'laman, azizim

seni hatto o'zgalar-u o'zimdan ham qizg'onib
ko'rsam deyman seni, har kun yuragim yonib
gohida men o'zim rost so'zlardan ham tonib
kasal bo'lma iltimos, yig'layman sensiz qolib

xasta bo'lma jonim, ado bo'laman
mendan oldin o'lma, ishon, o'lib bo'laman
senga men zor bo'laman
sensiz men xor bo'laman, azizim

Letra enviada por null

Encontrou algum erro na letra? Por favor, envie uma correção >

Compartilhe
esta música

Ouça estações relacionadas a Yulduz Usmonova no Vagalume.FM
ESTAÇÕES